Vetmedikal 1996-yilda tashkil etilgan

Yillar davomida biz dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilib, O‘zbekiston bo‘ylab ko‘plab fermer xo‘jaliklarining ishonchini qozondik. Biz taklif etayotgan mahsulotlar xalqaro sifat standartlariga javob beradi va har bir preparat veterinar mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladi.

Bizning qadriyatlarimiz

Kompaniyamizning asosiy tamoyillari va qadriyatlari

Sifat

Biz faqat xalqaro standartlarga javob beruvchi, sinovdan o'tgan va xavfsiz mahsulotlarni taklif etamiz. Har bir vaksina va premiks - bu natija uchun kafolatdir.

Innovatsiya

Dunyo bo'yicha ilg'or ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilgan holda, zamonaviy yechimlarni O'zbekiston parrandachilik sohasiga olib kiramiz.

Halollik

Biz har bir mijoz bilan ochiq, adolatli va ishonchli munosabatda bolamiz. Uzoq muddatli hamkorlik - biz uchun eng muhim qadriyatdir.

Bizning yutuqlarimiz

Vedmedikal kompaniyasining erishgan muvaffaqiyatlari

Ilmiy hamkorlik va xalqaro ishonch

Vetmedikal - Rossiyaning nufuzli ilmiy markazlaridan biri bo'lgan "Umumrossiya hayvonlar salomatligi ilmiy-tadqiqot instituti" Federal davlat byudjet muassasasi (FSBI "VNIIZG") ning rasmiy hamkori hisoblanadi. Bu hamkorlik bizga FSBI "VNIIZG" tomonidan ishlab chiqarilgan veterinariya dori vositalari va diagnostika to'plamlarini O'zbekistonda rasmiy ravishda yetkazib berish huquqini beradi. Mazkur hamkorlik - Vetmedikal kompaniyasining ishonchliligi, ilmiy asoslangan yechimlarga tayanishi va xalqaro miqyosdagi professional obro'sining yaqqol isbotidir.

1

Bizning jamoamiz

Tajribali mutaxassislar

Bizning tariximiz

Vetmedikal kompaniyasining rivojlanish bosqichlari

1996

Kompaniyamiz rivojlanish tarixi

Vetmedikal o'z faoliyatini O'zbekiston parrandachilik sohasida zamonaviy va ishonchli veterinariya yechimlarini taqdim etish maqsadida boshlab, qisqa vaqt ichida o'z sohasida yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi.