ATTRAKT PYUS
Dezinfektsiyalash va yuvish vositalari

ATTRAKT PYUS

Ishlab chiqaruvchi davlat: Ispaniya

Insektitsid vosita (granulali shaklda)

400000 so'm

Mahsulot haqida batafsil ma'lumot

ATTAKT PLUS — uy hayvonlari fermalari, go‘sht kombinatlari, omborlar va boshqa xo‘jalik obyektlarida uchuvchi hasharotlar, ayniqsa pashshalar (Musca domestica) va boshqa zararkunandalarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan samarali insektitsid vositadir.
Preparat ikki xil oziq modda atraktantining kombinatsiyasi orqali hasharotlarni o‘ziga tortadi va kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy faol modda — acetamiprid, hasharotlarning asab tizimiga ta’sir qilib, tez o‘limga olib keladi. Z-9-trikozene esa pashshalarni jalb etuvchi feromon hisoblanadi, bu esa preparatning samaradorligini yanada oshiradi.

Qo'llash yo'riqnomasi

ATTAKT PLUS quyidagi joylarda qo‘llaniladi:
-Chorvachilik fermalari
-Sut ishlab chiqarish korxonalari
-Go‘sht kombinatlari
-Omborlar, chiqindi saqlash joylari
-Hayvonlar yashaydigan xonalar.
Preparat pashshalar, chivinlar va boshqa uchuvchi hasharotlar sonini kamaytiradi va ularning qayta ko‘payishining oldini oladi.
Qo‘llash usuli va dozasi:
ATTAKT PLUS ikki xil usulda qo‘llanadi:
1. Purkash — preparatni suvda eritib, devor, eshik, deraza atroflariga va hasharotlar ko‘p to‘planadigan joylarga purkaladi.
2. Surtiladigan usulda — suv bilan aralashtirib, yuzalarga cho‘tka yordamida surtib chiqiladi.
Tavsiya etilgan miqdor:
100 m² yuzaga 250 g preparat ishlatiladi.
Zararlanish darajasiga qarab 3 oygacha samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Xavfsizlik choralari:
Ish jarayonida himoya kiyimlari va qo‘lqoplardan foydalanish kerak.
Oziq-ovqat, suv yoki yem saqlanadigan joylarda ishlatish taqiqlanadi.
Preparatni bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.

Tarkib

100 g mahsulot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Acetamiprid – 10 g
Z-9-tricosene – 0,05 g
To‘ldiruvchi va erituvchi modda – yetarli miqdorda

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q.